Axborot xavfsizligi bo‘yicha «Xavfsiz Ko‘prik» forumida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
15.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 6-fevral kuni kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida ko‘pchilik tomonidan berilgan takliflar, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining ushbu tadbirni o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilishiga turtki bo‘ldi.

Bank kartalari egalari pul mablag‘larining kiberhujumlarga uchrashi va yo‘qolishi bilan bog‘liq holatlar sababli mavzu bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalasidir. Biz yanada kengroq tadbir tashkil etib, axborot xavfsizlik masalalarini yanada chukurroq qamrab olishga qaror qildik.

Biz o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashish, o‘zining innovatsion mahsulotlari va xizmatlari haqida gapirib berish istagidagi bo‘lgan barcha insonlarni taklif etamiz. Bu hamfikrlar yoki investorlarni topish imkoniyatidir. Bizning forum mahalliy ekspertlar, mutaxassislar, olimlarni va xorijiy tashkilotlar vakillarini jamlaydi.

Forum doirasida ishtirokchilar texnologik rivojlanish jarayonida davlat, biznes va jismoniy shaxslar duch keladigan quyidagi muammolarni muhokama etadilar:

— Axborot himoyasi (intellektual mulk, bank kartalari va shu kabilar)

— Real kiberhujumlarda xavfsizlik (shaxsiy ma’lumotlar, ish yuzasidan yozishmalar va shu kabilarni qanday himoya qilish)

— Taraqqiyot nimasi bilan xavfli yoki nima sababdan xakkerlar sizni tanlashadi?

— «Raqamli tijoratda kiberxavfsizlikning asosiy jihatlari».

Forum doirasida XAKATON o‘tkazish rejalashtirilgan.

Forumda ishtirok etish masalalari bo‘yicha Nelli Karimovaga Telegram messenjeri yoki telefon orqali quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: 998 99 898 8505

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq