TIUda «Inha» global ta’lim markazi ochildi
14.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Inha» global ta’lim markazining ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Markazning ochilishi marosimida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va loyiha dekani Choy Ki Yang ham ishtirok etdi.

«Inha» global ta’lim markazi IUT va Inha universtitetida o‘qishga intilayotgan mahalliy hamda xorijiy talabalarga maslahatlashuv xizmatlarini taqdim etadi. Toshkent shahrida joylashgan ushbu rasmiy maslahat markazi turli ma’lumotlarni olishda axborotdan qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Bu xorijlik talabalarga o‘qish tizimiga ko‘nikish va moslashishga yordam beradi.

Shu bilan birga, markaz O‘zbekistondagi Inha universiteti talabalari bilan almashish, stipendiyalar haqida ma’lumot berish, telefon orqali talabalar bilan aloqada bo‘lib turish bo‘yicha xizmatlarini taqdim etadi, talabnoma berish va fakultetni tanlashda hamda yo‘naltirishda yordam beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq