TIUda Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Angular – bu ochiq boshlang‘ich kodli JavaScript-freymvork. Bir sahifali ilovalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Uning maqsadi MVC-shabloni asosidagi brauzerli ilovalarni kengaytirish, shuningdek, sinash va ishlab chiqishni soddalashtirishdan iborat.

Spikerlar sifatida Doniyor Yusupov (Quanto), Ismoil Solixo‘jayev (Symbiotries.inc), Aleks Kulagin (Shtrihpunktir team) va Alisher Nuritdinov (Inspired) so‘zga chiqdi.

Uchrashuv davomida spikerlar “Loyiha tarkibini tashkil qilish”, “Angular dagi yo‘naltirish”, “Oqimlar bilan ishlash va asosiy xatolar” hamda “Angular dagi reaktiv shakllar” kabi mavzularni ko‘rib chiqdi.
TIU talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq