Urganchda yangi uy egalari abonentlarni ulash ko‘chma xizmatidan foydalandilar
13.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK Xorazm filiali tomonidan Ugranch shahri «Yoshlik» aholi turar-joy mavzesida yangi uy egalari uchun abonentlarni aloqa xizmatlariga ulash bo‘yicha maxsus ko‘chma aksiyalar o‘tkazildi.

Yangi turar-joy aholisiga kompaniyaning barcha xizmatlari: jumladan, telefon, IPTV va internet xizmatlariga ulanish taklif etildi. Bunda optik aloqa liniyalariga ulanganlar yangi abonent qurilmasini olishda, 95% chegirmaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus aksiyada ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarni xizmatlarga ulash boyicha ko‘chma aksiyalar o‘tkazmoqda. Aholi uchun shundoqqina hovlilarda telefoniya, internet va IPTV xizmatlarining ko‘chma sotuvlar ofisi tashkil etilmoqda.

Ko‘chma aksiyalar geografiyasi va soni doimiy ravishda kengayib boradi. Ko‘plab tumanlar aholisi kompaniya xizmatlari bilan tanishishlari va shu yerning o‘zida shartnoma tuzishlari uchun o‘z xonadonlaridan hovliga chiqishlarining o‘zi yetarli bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq