TIU talaba-qizlari tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘ldi
13.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«O‘zbekiston xotin-qizlarning 100 innovatsion fikrlari» tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Inha universitetining talaba-qizlari tanlovda o‘zlarining ijtimoiy muhim muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.

Ekspert komissiyasi eng yaxshi ishtirokchilarni tanlab oldi, ular qatorida g‘olib bo‘lgan hamda yakuniy respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Inha universitetining qizlari ham bor.

Ushbu tanlov xotin-qizlarning innovatsion fikrlari, loyihalari va ishlanmalarini tatbiq etishga ko‘maklashish, fanlar, ta’lim, turli iqtisodiyot sohalarida hamda ijtimoiy hayotda ularning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy ishlar doirasida tashkil etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq