Telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflaridagi o`zgarishlar
13.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK 2019-yil 1-martdan 125-1/1-sonli «Telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflarining chegara darajalari» preyskurantiga muvofiq belgilanadigan telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflari o‘zgarishi haqida ma’lum qiladi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq shahar va qishloq telefon tarmog‘i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi miqdori oshirildi. Shu qatorda, telefon aloqasi xizmati uchun abonent to‘lovi va vaqtbay to‘lov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi va kechki vaqt hamda dam olish (shanba, yakshanba, bayram) kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun pasaytirilgan koeffitsiyentlar bekor qilindi.

Bundan tashqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun o‘rnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan so‘zlashuvlarda har bir so‘zlashuv uchun ustama miqdoridagi to‘lov haqi bekor qilindi.

Boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan.

Ta’kidlash lozimki, telefon tarmog‘iga ulash uchun ro‘yxatga olish to‘lovi va telefondan foydalanishdagi to‘lovlarga o‘rnatilgan imtiyozlar o‘z kuchini saqlab qoladi.

«O‘zbektelekom» AK ijtimoiy mas’ul kompaniya sifatida, ayniqsa, aholiga eng arzon tariflar bo‘yicha shahar va qishloq telefon tarmog‘i uchun ilgaridagidek xizmatlar ko‘rsatadi.

«O‘zbektelekom» AK zamonaviy va arzon telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga intiladi. Kompaniyaning tarif siyosati doim abonentlar manfaatini ko‘zlashi va O‘zbekistonimizning barcha mintaqalari aholisi uchun arzon xizmatlari bilan ajralib turadi.

Butun mamlakat yagona tarif bo‘yicha – daqiqasi 12 so‘m!

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 10-sentabrdan to‘qqiz xonali raqamlash tizimiga o‘tish va «shaharlararo telefon aloqasi» xizmatlarini soddalashtirish munosabati bilan mahalliy va shaharlararo aloqa xizmatlari uchun masofaga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rnatilgan limitda oyiga 180 daqiqadan ortiq so‘zlashuvning har bir to‘liq yoki noto‘liq daqiqasi uchun 12 so‘m miqdorida yagona tarif belgilangan.

Ilgari «shaharlararo telefon aloqasi» uchun tariflar masofaga bog‘liq holda so‘zlashuvning har bir to‘liq yoki noto‘liq daqiqasi uchun 40-90 so‘m oralig‘idagi narx bilan belgilangan.

O`zgartirilgan tariflar haqida yanda to`liq ma`lumot bu yerda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq