Kanadalik kompaniya yuqori texnologiyalarni Oʻzbekistonga joriy qilish istagini bildirdi
13.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

11-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Kanadaning «Blockfusion» kompaniyasining rahbarlari Aleks Martini-Lo Manto, Jordan Oksley, Kant Trivedi bilan uchrashuv boʻldi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajabboyev qabul qildi.

Kompaniya vakillari «Blockfusion» blokcheynlar infratuzilmasini yaratuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri boʻlib, kriptografiyani ommaviy joriy qilinishi ragʻbatlantirish maqsadida kriptoxizmatlar majmuini taklif etuvchi yangi imkoniyatlarga investitsiyalar kiritish bilan shugʻullanishi haqida soʻzladilar. Suhbat davomida Oʻzbekistonga yuqori texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, quyosh batareyalari va panellari, yuqori tezlikdagi 5G aloqa bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kompaniyaning mahsulotlari haqida toʻliq maʼlumotlar taqdim etilganidan keyin muzokaralarni davom ettirishni kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq