Toshkent shahridagi Inha universiteti «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazadi
11.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazadi.

Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati «Ochiq eshiklar kuni»ni 2019-yilning 16-fevral kuni o‘tkazadi.

«Ochiq eshiklar kuni» Ziyolilar ko‘chasi 9-manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 10.00da boshlanadi.

«Ochiq eshiklar kuni» davomida tashrif buyuruvchilar universitet hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob qaytaradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq