TIUda Angular Meetup bo‘lib o‘tadi
11.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Angularda ishlash bo‘yicha bilim va tajriba almashish hamda ishlab chiquvchilarga netvorking uchun joy taqdim etishdan iborat.

Spikerlar sifatida Doniyor Yusupov (Quanto), Ismoil Solixo‘jayev (Symbiotries.inc), Aleks Kulagin (Shtrihpunktir ream) va Alisher Nuritdinov (Inspired) so‘zga chiqadi.

Uchrashuv davomida «Loyiha tarkibini tashkil qilish», «Angular dagi yo‘naltirish», «Oqimlar bilan ishlash va asosiy xatolar» hamda «Angular dagi reaktiv shakllar» kabi mavzular ko‘rib chiqiladi.

Ishtirokchilarni yaxshi kayfiyat hamda yoqimli sovg‘alar kutmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq