Rossiyadagi “O‘zRTXB” AJ ning birinchi savdo maydonchasi ochildi
11.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Rossiyaning “Atlant” MChJ kompaniyasi qoshida Chelyabinsk shahrida “O‘zRTXB” AJning yangi xorijiy savdo maydonchasi o‘z ishini boshladi.

Rossiyadagi O‘zbekiston birjasining birinchi savdo maydonchasi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ko‘magi ostida tashkil etildi. 7-fevral kuni Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan “Biznes-2019: Chelyabinsk viloyati tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash tizimida yangilik” anjumani doirasida “O‘zRTXB” AJ savdo maydonchasining ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi biznes-jamiyatining 400 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Ayni vaqtda Birja savdolarining elektron tizimiga ulangan yangi savdo maydonchada birja savdolari va “O‘zRTXB” AJ internet savdolarida ishtirok etish uchun xorijiy mijozlardan buyurtmalar qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari “O‘zRTXB” AJ elektron savdo tizimi orqali nafaqat standartlashtirilgan birja tovarlari, balki keng turdagi boshqa mahsulotlarni ham erkin sotish yoki sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“O‘zRTXB” AJ savdo maydonchasi orqali savdo qilishning asosiy ustunliklari savdo va hisob-kitoblarning shaffofligi, ishonchli tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, vaqt va mablag‘ tejamkorliligi, shuningdek, to‘lov va tovarni yetkazib berishning kafolatlanganligi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zRTXB” AJning xalqaro savdo tarmog‘i shuningdek, Qozog‘iston, Belorussiya va Xitoyda joylashgan savdo maydonchalarini ham qamrab oladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq