«O‘zbektelekom» AK to‘g‘ri mahallaga keladi! Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha ko‘chma aksiyalar davom ettirilmoqda
11.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun poytaxtimizning bir necha tumanlarining aholisi shundoqqina o‘z hovlilarida «O‘zbektelekom» AK ko‘chma sotuvlar va xizmatlar ofisini ko‘rdilar. «O‘zbektelekom» AK filiallari xodimlari abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha aksiyani musiqa va animatorlar bilan yorqin bayram tadbiri sifatida tashkil etdilar.

Erta tongdan aksiya tadbirlari Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Yashnabod tumanlarida o‘tkazildi.

Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha bunday ko‘chma aksiyalar O‘zbekistonimizning mintaqalarida ham o‘tkazilmoqda.

Jumladan, shu kunlarda aksiya Guliston va Farg‘onada o‘tkazildi.

Ko‘chma aksiyalar geografiyasi va soni doimiy ravishda kengayib bormoqda.

Mazkur tumanlar aholisi kompaniya xizmatlari bilan tanishishlari va shu yerning o‘zida shartnoma tuzishlari uchun o‘z xonadonlaridan hovliga chiqishlarining o‘zi yetarli bo‘ldi.

Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK tomonidan yuqori tezlikdagi internetga – optik aloqa liniyalari orqali 95% chegirma bilan ulanishda yangi abonent qurilmasini taqdim etish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbektelekom» AK yangi uy egalari uchun ko‘chma sotuvlar va ulanish ofislarini tashkil etmoqda. Bu xonadon egalari shundoqqina hovliga chiqib, shartnoma tuzishlari, xizmatlar to‘lovini amalga oshirishlari, aksiya bo‘yicha chegirma bilan abonent qurilmasiga ega bo‘lishlari va shu yerning o‘zida xizmatlarga ulanishlari uchun juda qulay imkoniyat. Hech qayerga borishning xojati yo‘q.

UZTELECOM mamlakatimiz bo‘ylab, har bir mahalla, har bir uyga tashrif buyurishga harakat qilmoqda!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq