Odnoklassniki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega, anonim tartibda ishlovchi chat faoliyatini boshlab yubordi
11.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Odnoklassniki ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga onlayn-chatda ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasida birinchilardan bo‘lib, yordam bera boshladi. Parolni o‘zgartirish yoki o‘chirilgan profil bilan bog‘liq masalalarni endi qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari bilan shaxsiy yozishmalar orqali, ijtimoiy tarmoq sahifasiga kirmagan holda hal etish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar murojaatlarining 70 foizi OK qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yo‘naltiriladi. Bunda muloqot onlayn-chatda, pochtadan farqli ravishda, tezroq o‘tadi, demak, ijtimoiy tarmoq sahifasiga kirish imkoniyatini qayta tiklash uchun kamroq vaqt talab etiladi. Ilgari qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan muloqot faqat pochta orqali amalga oshirilar, javobga taxminan 2 soat vaqt sarflanar edi. Endi javobning o‘rtacha vaqti 2-5 daqiqadan oshmaydi, profilni qayta tiklash uchun esa 15-20 daqiqa (pochtadan farqli ravishda 5 baravar kam) sarflanadi, xolos.

Hozircha chat orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga masalan, parolni qayta tiklash kodi kelmagan yoki profilni telefon raqami orqali tiklash mumkin bo‘lmagan holatlar yuzasidan ayrim namunaviy murojaatlarni jo‘natish mumkin. Kelgusida anonim tartibdagi barcha masalalar chatda qayta ishlanadi.

Yangi imkoniyatdan ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasida foydalanish mumkin. Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega chatni ochish uchun «Parolni unutdingizmi?» tugmasini bosish, o‘z profilini topish va shundan so‘ng 2Biz bilan bog‘laning» havolasini bosish lozim. Tegishli shakl to‘ldirilganidan so‘ng, ekranning quyi burchagida qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega chat ochiladi.

Kelgusida foydalanuvchilarning qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan anonim tartibdagi muloqoti avtomatik tarzda amalga oshiriladi: murojaatlarning qismini maxsus chat-bot qayta ishlaydi. Shuningdek, onlayn-chatdan OK’ning mobil versiyasida hamda ijtimoiy tarmoqning iOS va Android uchun mo‘ljallangan ilovalarida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Qo‘llab-quvvatlash xizmati o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun OK’ning bevosita xabarnomalar servisida 2017-yilda boshlab yubordi. Ushbu davr mobaynida javobning o‘rtacha vaqti 7 baravar qisqardi va ayni paytda qariyb 3 daqiqani tashkil etadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqning qo‘llab-quvvatlash xizmati sutka mobaynida foydalanuvchilarning 10 mingtadan ortiq savollariga javob beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq