Adliya axboroti: 2019-yil 1-martdan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish bekor qilinadi
11.02.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Bu haqda 2019-yil 8-fevral kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «Adliya axboroti» nomli brifing va matbuot anjumanida qayd etildi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 5-fevraldagi «Jаhon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida soha mutaxassislari unda nazarda tutilgan muhim vazifalar haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berdilar.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjat bilan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;

2022-yilga kelib, respublikaning 20-o‘ringa erishishini nazarda tutuvchi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi reytingini yaxshilashning «Biznes yuritishni yaxshilash – 2022» maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

2019-yil 1-martdan: tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bank hisob-raqamlarini masofadan turib ochishi mumkin;

qurilish uchun ruxsatnomalar olish sohasida:

yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan yoki ruxsat etilgan obyektlar to‘liq ko‘rsatib, «E-IJRO AUKSION»ga auksion orqali qo‘yilganda, yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish tartibi bekor qilinadi;

qurilish organlariga arxitektura-shaharsozlik kengashlarining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish funksiyalari o‘tkaziladi;

qurilishi tugallangan bino va inshootlarni qabul qilish dalolatnomasi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma ko‘chirmasi bilan bir vaqtda beriladi;

iste’molchilarni elektr ta’minotidan ruxsatsiz uzganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaniladi;

mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida:

ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hisobini yuritish uchun ariza eksterritoriallik prinsipi asosida berilishi mumkin;

notarial idoralar majburiy tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va tegishli hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali bepul asosda yuboradi;

kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun elektron shaklda murojaat qilish va tayyorlash mexanizmi joriy etiladi;
minoritar aksiyadorlarni himoya qilish sohasida:

aksiyadorlarga yirik bitim va affillangan shaxslar bilan qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi bitim tuzish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun kuzatuv kengashining manfaatdor a’zosini sud tartibida javobgarlikka tortish huquqi beriladi;

aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali to‘lash mexanizmi joriy etiladi;

xalqaro savdo sohasida – tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bir qatorda, Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi;

kontraktlar ijrosini ta’minlash sohasida:

iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis o‘tkazish imkonini beruvchi tartib joriy etiladi;

sudlarda to‘lovlarni amalga oshirishning yagona elektron tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-martdan quyidagilar bekor qilinadi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish;
qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilish mexanizmini joriy etish orqali ularni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;

qurilish sohasini nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni bajarish yuzasidan shartnomalar tuzish tartiblari.

2020-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida shaharsozlikka oid yangi eksperiment tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va bunda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «Adliya axboroti» nomli brifing tashkil etildi. Unda yakuniga etayotgan hafta davomida bir qator muhim masalalar bo‘yicha qabul qilingan 10 dan ortiq qonun hujjatlari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi Qonun haqida ma’lumotlar berildi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:

O‘zbekiston nomidan – davlatlararo shartnomalar;

Hukumat nomidan – hukumatlararo shartnomalar;

Adliya vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi qonun hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

O‘zbekiston nomidan xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif Prezidentga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

Bundan tashqari, brifingda, «Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi kabi Prezident qarorlari, «Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi singari Prezident Farmonlari va qator hukumat qarorlari haqida ham ma’lumot berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq