«Metropoliten bekatlari» turkumiga bag‘ishlangan pochta markasining chiqarilishi haqida
08.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 1-fevraldan «Metropoliten bekatlari» turkumining pochta markasi muomalaga kiritildi.

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy metro bekati tasvirlangan. Bekat O‘zbekiston yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilar zali ustunli hamda ikki yer osti yo‘laklaridan iborat. Noyob va betakror me’morchilik san’atini o‘zida jamlagan ushbu bekat 1984-yil 8-dekabrdan ishga tushirilgan. Bekat o‘zbek shoiri Alisher Navoiy sharofatiga atab nomlangan.Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent metropoliteni” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 90x80mm, markaning o‘lchami 42×30 mm. Adadi 8 ming nusha. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

№1343

1343. «Alisher Navoiy metro bekati» Nominali – 4200 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq