Kobeydjing kartalar: ko‘rsatkich va istiqbollari
08.02.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Kompaniyamiz tomonidan O‘zbekiston hududida kobeydjing kartalari muomalaga chiqarilgani e’lon qilingan edi. Statistik ma’lumotlarga binaon, kobeydjing kartalar ishtirokida amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni va umumiy miqdori barqaror o‘sishni namoyon qilmoqda.

2018-yilning sentabr oyida Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan Uzcard – UnionPay International loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha o‘zining qulayligi va texnik imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Uzcard va UnionPay International – ikki to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi ilk kobeydjing kartalari muomalaga chiqarildi va qisqa vaqt ichida xalq orasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Mamlakatimiz hududida kobeydjing kartalari orqali to‘lovlar mahalliy pul biriligimiz orqali amalga oshiriladi, chet elda esa, so‘m pul birligi kerakli valyuta birligiga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi.

Kobeydjing kartalarining ilk muomalaga kirish vaqtidan qayd etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kartalarga tegishli tranzaksiyalar soni 26 213 taga, umumiy miqdori esa 11,9 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘satkichlarga nazar tashlasak, Uzcard – UnionPay International to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi kobeydjing kartalari barqaror o‘sishni namoyon etib kelmoqda. Qayd etilgan tranzaktsiyalarning 17% NFC texnologiyalarga murojaat etilgan holda amalga oshirilgani alohida e’tiborga loyiq. O‘z navbatida, ushbu ko‘rsatkich yashash tarzimizga faol tadbiq etilayotgan IT-texnologiyalarning ahamiyatli o‘rni borasida dalolat beradi.

Bundan tashqari, bugungi kunda markazimiz tomonidan UnionPay International xalqaro kartalarning mahalliy POS-terminallar orqali qabul qilinishi, nafaqat mahalliy karta egalari uchun, balki chet eldan kelgan turistlar uchun ham yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Protsessing markazi tomonidan UnionPay International xalqaro to‘lov tizimiga tegishli 102 745 ta tranzaksiyalar qayta ishlandi. So‘nggi ma’lumotlar, O‘zbekiston hududida faol holatda xizmat ko‘rsatayotgan POS-terminallarning umumiy soni 200 000 dan oshganini ko‘rsatmoqda. Ulardan 150 000 tasiga xalqaro to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan va ular UnionPay International kartalarini qabul qiladi.

RBR kompaniyasining “To‘lov tizimlarining Jahon bozori va 2023-yilgacha bashorati” (Global Payment Cards Data and Forecasts to 2023) nomli tadqiqotiga binaon, 2017-yilning so‘nggi oyida global bozorda muomaladgi plastik kartalar soni 15 mlrd. ga yetganini, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan 2016-yilga nisbatan 6 foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlarning aksariyat qismi UnionPay xalqaro to‘lov tizimiga tegishli. Emissiyaning o‘sish ko‘rsatkichlari moliyaviy xizmatlarga tegishli loyihalarning tatbiq etilishiga bog‘liqligi bilan asoslanmoqa. Jumladan, bugungi kunga kelib, UnionPay International kartaliri 150 tadan ortiq davlatlarda, shuningdek, 1,1 mln. bankomat va 12 mln. savdo nuqtalarida qabul qilinmoqda. Ishlab chiqarilgan kartalarning umumiy soni 5 mlrd.dan oshgani bois, UnionPay International bir qator ko‘rsatkichlarda yetakchi pog‘onalarni egallamoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq