TIUda Dream Job School ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi
07.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

4-5 fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida “Dream Job School” ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachi sifatida Hilola Suleymanova, Anna Efimova, Diyora Parpiyeva so‘zga chiqdi.

Dream Job School DaVinci Managament Consalting kompaniyasining talabalarga karyerani rejalashtirishni o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladigan har yilgi ijtimoiy loyihadir.

Ikki kunlik trening davomida ma’ruzachilar talabalarga rezyumeni to‘g‘ri tuzish, karyerani rejalashtirish va ish izlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berishdi.

Shuningdek, unda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov ishtirok etdi. U trening ishtirokchilari bilan o‘z tajribasini almashdi, o‘z CV sini qanday yozganligini aytib berdi.

Ish beruvchilar bilan samarali muzokaralar olib borish, istak bildirilgan xatni yozish ahamiyati kabi dolzarb mavzular qayd qilindi.

IUT talabalariga yo‘q bo‘lib ketayotgan va dolzarb kelajak kasblari ro‘yxati berildi. Shuningdek, ma’ruzachilar intervyudan o‘tish qoidalari, karyerani boshqarish bo‘yicha strategiyani tanlash qanchalik muhimligi haqida so‘zlab berdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq