TATUning professor-o’qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida tajriba almashish o’quv-seminar jarayonlarini boshlashdi
07.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o’rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitetimiz professor-o’qituvchilari tajriba almashish o’quv-seminarlarida ishtirok etishmoqda. Ushbu o’quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Malaka almashish hamda o’quv-seminarlardan ko’zlangan maqsad, TATU va BDIRU o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo’shma fakulteti dars jarayoni uchun yangi o’quv materiallarni o’zlashtirish, o’zaro bir yillik o’quv-materiallarini yaratish va birgalikda fakultet uchun malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.
Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, 2018-yilning 13-sentyabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo’shma fakulteti (ITQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish borasida bitim imzolangan edi.