Abiturientlarning otmlarga elektron hujjat topshirishlari uchun mo’ljallangan «UNIVERSITIES.UZ» dasturi yaratildi
07.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abiturientlarning otmlarga elektron hujjat topshirishlari uchun mo’ljallangan «UNIVERSITIES.UZ» dasturi yaratildi.

Dastur O’zbekistondagi barcha otmlar (manzillar, telefon raqamlari, fakultetlar, yo’nalishlar, propusklar va h.k.) haqida ma’lumot olish; foydalanuvchi uchun alohida akkaunt ochish va u istalgan vaqtda o’z hujjatlarini elektron shaklda yuborishi hamda sms-xabar orqali imtihon natijalarini bilishi kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Shuningdek ushbu dastur orqali butun dunyo bo’yicha grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin.

Dastur mualliflari Isomitdinov Aloviddin va Joldibaev Nurlanga DGU 05826-raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq