Jurnalistlar «O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi (CHXKYAM) faoliyati bilan tanishdilar
06.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

6-fevral kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan jurnalistlar uchun maxsus Call-markaz – Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi (ChXKYaM)ga tanishuv press-turi o‘tkazildi.

Tadbirdan maqsad kompaniya abonentlariga xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv to‘g‘risida aholini xabardor qilishdir.

«Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish markazi» filiali «Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi» 2009-yilda «Ma’lumot-axborotlar xizmati» asosida tashkil etilgan.

Xuddi shu yili Sankt-Peterburg shahridagi «Protey» ilmiy-texnik markazida Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi uchun ishlab chiqarilgan ixtisoslashtirilgan uskunalari o‘rnatildi. Bu zamonaviy xizmatlar va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi birinchi dadil qadam edi.

Call-markaz tashkil etilgan paytda 129 nafar xodim faoliyat yuritardi. Bugungi kunga kelib, xodimlar soni 500 nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Har kuni 20 mingdan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatiladi. 1009 xizmati har oy – 400 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatadi.

Tanishuv sayohati davomida jurnalistlarga Call-markazi faoliyati, jumladan, markaz tarixiy ma’lumotlari, taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati va statistik ma’lumotlarning taqdimoti o‘tkazildi.

«O‘zbektelekom» AK Call-markazi kechayu-kunduz uzluksiz ravishda ishlaydi va nafaqat kompaniya abonentlarining qo‘ng‘iroqlariga, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Davlat xizmatlari Interaktiv portali (DXIP) va bir qator boshqa vazirlik, idoralar hamda yirik kompaniyalar murojaatlariga xizmat ko‘r satadi.

Dastlabki telefon-ma’lumot xizmati Toshkentda 75 yil ilgari paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda uni oddiygina «09 xizmati» deb ataganlar. Shahar telefon tarmog‘i 5 mingdan ortiq abonentga ega edi. «09» xizmatida operatorlarning ishi qo‘l mehnati tamoyili asosida tashkil etilgandi. Operatorlar ma’lumotlarni qog‘ozli kartotekalardan izlardilar. Telefonistlar stoli tegishli kartotekalar bilan jihozlangandi. Barcha ma’lumot-axborotlar qog‘ozda aks ettirilardi.

2003-yildan boshlab operatorlar ish joylari avtomatlashtirila boshlandi. «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filialining Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari tomonidan dasturiy ta’minot — «Ma’lumot-axborotlar markazi «MAM» vazifalar majmuasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy majmuani operatorning ish joylariga o‘rnatilishi qog‘ozli kartotekalardan voz kechish va zarur ma’lumotlarni avtomatik rejimda qidirib topish imkonini berdi.

2009-yil aprel oyida «Protey» kompaniyasining uskunalari asosida «09 xizmati» takomillashtirilib, barcha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy «Call-markaz»ga aylantirildi. Natija darhol namoyon bo‘ldi, chunki statistik ma’lumotlarni yaxshiroq hisobga olish va tahlil qilish orqali butun tizimning ish faoliyatini yaxshilashga erishildi.

«TShTT» filiali ma’lumot-axborot markazi negizida Intellektual platforma Сall-markazining joriy etilishi axborot-ma’lumotlar xizmati doirasini kengaytirish va zamonaviy intellektual xizmatlarni joriy etish imkonini berdi.

2013-yil fevral oyida Toshkent shahridagi «TShTT» filialining mavjud ChXKM uskunalarini 234-ATS dan 255-ATSgacha uzatish va kengaytirish ishlari yakunlandi

2014-yilda Respublikamiz mintaqalaridagi 13ta Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlar birlashtirilgan Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi (ChXKYaM) tashkil etildi.

Har bir mintaqaviy Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi markazi 10ta ish o‘rniga mo‘ljallangan. Har bir mintaqaviy Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi markaz texnik jihatdan bir daqiqada 60 dan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkoniga ega.

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar xizmatlariga ma’lumotlarni taqdim etish uchun «SIC» maxsus dasturiy ta’minoti yaratildi.

Ma’lumotlar xizmatlari billing-servislari dasturiy ta’minotidan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:

Hozirgi vaqtda «O‘zbektelekom» AK «SvaXKM» filiali «Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish xizmati» quyidagi turli xizmatlar keng spektrini taqdim etadi:

— Axborot-ma’lumotlar xizmati (1009, 1064)

— Telefonlar ta’miri byurosi (1086)

— Joriy kecha-kunduz uchun ob-havo ma’lumoti (telefon 1001)

— Aniq vaqt (telefon 1004)

— Virtual ofis (71 2008080)

— Teleovoz berish

— Autsorsing

— Xabardor qilish

— Pazandachilik retseptlari (telefon 71 2000505)

— Tabriklar (telefon 71 2000101)

— Oqshom ertaklari (telefon 71 2000100)

— «O‘z hisobingni bil» (telefon 1058)

«O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi kechayu kunduz 6 smenada ishlaydi va bugungi kunda 500 nafardan ortiq operator, jumladan, 70 dan ortiq oliy ma’lumotli muhandislar faoliyat ko‘rsatmoqda. — deydi Call-markazi rahbari, Shaxnoza Shukurova. «Biz xodimlarni murojaatlar bilan ishlashga muntazam ravishda o‘rgatamiz va xizmat sifatini yaxshilash uchun zarur texnik choralarni amalga oshiramiz. Shtatimizdagi psixolog doimiy ravishda xodimlarimiz bilan ishlaydi. Mijozlarimizning murojaatlarini imkon qadar tezroq hal qilishga va murojaatlarni qabul qilib, ijrosini munosib ravishda bajarishga intilamiz».

Press-tur davomida jurnalistlarga Call-markaz xizmatlari doimiy ravishda takomillashtirilayotgani, barcha biznes-jarayonlarni raqamlashtirish ishlari faol olib borilayotgani haqida so‘zlab berildi. Asosiy vazifa birorta ham qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormay, mijozlarga qulay interfaol shaklda xizmat ko‘rsatishdan iborat. 2018-yilda «O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi qariyb, 3,6 mln. qo‘ng‘iroqqa xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq