Gʻoliblar Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktabiga boradi
06.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019-yilning 22-iyuldan 9-avgustgacha Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida ishtirok etadigan iqtidorli talabalar uchun “Summer school” dasturi boshlanganini eʼlon qiladi.

Oʻtgan yillarda boʻlgani singari, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Inha universiteti qoshidagi 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga yozgi maktabga bepul ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, yozgi maktabda ishtirok etish istagini bildirgan Toshkent shahridagi Inha universitetining boshqa talabalari dastur narxini toʻlash sharti bilan oʻz hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Dasturning maqsadi IUT talabalariga oʻzini oʻzi ijodiy anglashi, dasturiy taʼminotni yaratish yoki har qanday boshqa mahsulotlarni yaratish yoʻli bilan oʻzlarining intellektual faoliyati, shuningdek axborot mahsulotlari va xizmatlarni amaliy, professional tajriba va koʻnikmalarga oid imkoniyatlarini taqdim etishdan iboratdir.

Tanlovli saralash davomida (SOCIE) kompyuter va axborot muhandisligi maktabi va (SOL) logistika maktabining oʻquvchilari ijodiy, asl hamda amaliy loyihalarni ishlab chiqishi kerak. Shunday qilib ehtimoli boʻlgan loyiha yoki mahsulot Toshkent shahridagi Inha universiteti foydasiga va rivojlanishiga yoʻnaltirilishi lozim.

Tanlov natijalariga koʻra, hakamlar hayʼati Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadigan eng yaxshi loyihalar va ruxsatnoma egalarini tanlab oladi.

Yozgi maktabda boʻlgan vaqtida talabalar “Koreys tili”, “Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari”, “Koreya va uning madaniyati”, “Koreyada iqtisod va biznes”, “Kelajakning yangi texnologiyalari” kabi kurslarda ishtirok etadi.

Yozgi maktabda talabalar Koreya Respublikasining madaniyati va sayyohlik joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻladi, shuningdek, turli fanlardan bilim oladi.

Yozgi maktabda dunyoning turli mamlakatlari universitetlari talabalari ishtirok etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq