«O’zbekiston-2035» Ikkinchi xalqaro Forumi Toshkentda dunyo bo’ylab 100 dan ortiq ekspertlarni jamlaydi
04.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
5-6 fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida «Buyuk Kelajak» XNNT tomonidan tashkil etilayotgan «O’zbekiston-2035» Ikkinchi xalqaro forumi bo’lib o’tadi.
Forum davomida «Buyuk Kelajak» Kengashi ekspertlari 2035 yilgacha O’zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish Strategiyasi Konsepsiyasi loyihasining muhim iqtisodiy va siyosiy yo’nalishlari taqdimoti bilan eksklyuziv hisobotlar taqdim etadilar. Ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan Uzoq muddatli rivojlanish Strategiyasi Konsepsiyasi loyihasi bo’yicha takliflarni muhokama qilishda deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Forum dasturi
Birinchi kun davomida forumning asosiy tadbiri bo’lgan Umumiy yalpi sessiyasi o’tkazilib, unda O’zbekistonning 2035 yilgacha bo’lgan rivojlanish Strategiyasi Konseptsiyasi loyihasining asosiy yo’nalishlari taqdim etiladi. Bundan so’ng, forum ishtirokchilari Strategiyaning asosiy yo’nalishlarini batafsil muhokama qilish uchun 8ta ishchi guruhga bo’linishadi:
— «Davlat boshqaruvini rivojlantirish»;
— «Qishloq xo’jaligi va to’qimachilik sanoati»;
— “Bank tizimivaKomplaens»;
— «Sanoat»;
— «Transport, qurilish va infratuzilma, turizm»;
— «Sog’liqni saqlash va ijtimoiy siyosat»;
— «Inson kapitali va madaniyati»;
— «Ekologiya, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar».
Ikkinchi kuni ishchi guruhlarda muhokamalar davom etadi. Forum barcha ishtirokchilarning yig’ilishi va qilinganishlar sarhisobi bilan yakunlanadi.
Strategiya Konseptsiyasi ustida ishlash materiallarni o’zgartirish va to’ldirish bilan davom etadi. So’ng aholining keng qatlamlari, ekspert-tahlil doiralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari o’rtasida jamoatchilik muhokamalari tashkil etiladi. Jamoatchilik muhokamalarining natijalari qayta ko’rib chiqiladiva ularning asosida Hukumatga taqdim etish uchun Rivojlanish Strategiyasi Kontseptsiyasi hujjatlarining yakuniy versiyasi tayyorlanadi.
Quyidagi saytda Forum dasturini bilan batafsil tanishib chiqish va unda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tishingiz mumkin: http://uzbekistan2035.uz/
Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzillarimizga murojaat qiling:
Instagram: https://bit.ly/2sytA4q
Facebook: https://bit.ly/2Fx45ZR
Youtube: https://bit.ly/2VXZ81a
Web-site: https://uzexpertsovet.com
Manba: kompaniya press-relizi