«Fanlar malikasi» bilan yaqindan uchrashuv
04.02.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Sizning farzandingiz matematika faniga qiziqadimi? Uning qiziqishini qanday qilib yanada oshirishni o`ylab turibsizmi? Jajji olimlarni va “Fanlar malikasi” bo`lmish matematika faniga qiziqishi yuqori bo’lgan o`quvchilarni “Kenguru” xalqaro matematika tanlovida qatnashishga taklif etamiz. Tanlovga ro`yxatdan o`tish www.olympia.uz sayti orqali 2019-yil 28-fevralga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Bu qiziqarli tanlovning afzal tomoni shundaki unda g`oliblar bo`lmaydi. Hamma ishtirokchilar ko`rsatgan natijalaridan qat`iy nazar sovg`alar bilan taqdirlanadilar. Eng asosiysi, bu tanlov bolalarga nafaqat musobaqalarda qatnashish malakasini oshirish hamda o’zlarining bilimlarini va mantiqiy fikrlashlarini tekshirish imkoniyatini yaratadi, balki matematika fani aslida juda ham qiziqarli va o’ziga rom etuvchi fan ekanligini tushunib yetishlariga yordam beradi.

Tanlovda 2-11-sinf o’quvchilari qatnashish imkoniyatiga egadirlar. Qatnashuvchilar yosh bo`yicha guruhlarga ajratiladilar – 2-sinf, 3-4-sinflar 5-6-sinflar, 7-8-sinflar и 9-11-sinflar. Ular 3 ta qiyinlik darajasi bo`yicha bo`lingan savollarni yechishlari kerak bo`ladi.

Tanlov o`quvchilardan matematikadan juda chuqur bilimlarni talab qiladigan an`anaviy olimpiada emas. Aksincha, o`quvchi uchun o`ziga yarasha qobiliyatini aniqlashga imkoniyatdir. “Kenguru”ning maqsadi bolalarda, hatto matematikani xush ko`rmaydiganlarda ham, o’z kuchiga bo`lgan ishonchni oshirishdir. Shuning uchun ham tashkilotchilar “Matematika barcha uchun” shiori ostida faoliyat yuritadilar.

O`tgan yilgi tajriba shuni ko`rsatadiki, 2018 yilda O’zbekiston hududida ilk bor o`tkazilgan tanlov o`quvchlar orasida juda katta qiziqish uyg`otdi. Unda 1000 taga yaqin o`g`il-qizlar qatnashishga muvaffaq bo`ldilar. Shu kuni ushbu musobaqa topshiriqlari ustida ular dunyo bo`ylab 6 millionga yaqin tengdoshlari bilan birgalikda bosh qotirdilar.

Ishtirokchilarning har biri esdalik sertifikat va sovg`alar bilan taqdirlandi. Eng yuqori ball to`plagan bolalarga esa alohida diplomlar berildi.

Bu yil tanlov 25-mart kuni o`tkaziladi. Ro`yxatdan o`tishga shoshiling!

Eslatma! Tanlovda ishtirok etishning barcha shartlari bilan www.olympia.uz saytida yaqindan tanishib olishingiz mumkin.

Tanlov tashkilotchisi – “Chegara bilmas Kenguru” uyushmasining rasmiy a`zosi MCHJ «Olympia».

Ma`lumot uchun: “Kenguru” tanlovi 80-yillar boshida Avstraliyada dunyoga kelgan va bugungi kunga kelib dunyoning 80 ta mamlakatida o`tkazib kelinmoqda. Asosiy g`oya – matematika fani bilan har bir inson yaqindan “do`stlashishi” mumkinligi va buning uchun barcha formulalarni yoddan bilish shart emasligini ko`rsatish.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq