TATUda KOICA bilan hamkorlikdagi «Integrated systems TUIT» loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlandi
02.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
31-yanvar kuni KOICA vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda TATUda KOICA hamkorligidagi «Integrated systems TUIT» (TATUda inergarllashgan axborot tizimi) loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida bajariladigan ishlar hajmi, yoʻnalishlari va grafigi kelishildi hamda tasdiqlandi.
TATU, shuningdek, TATU Samarqand filiali vazifalari va roli, bosh loyihani samarali ishlab chiqish uchun manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Hozirgi holat va muhiti, shuningdek, loyiha muvaffaqiyati asosiy omillarining (Critical Success Factors) batafsil tahlili oʻtkazildi.
Loyihaning 1-bosqich tahlilini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq