YEXHT vakillari bilan uchrashuv
01.02.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respubklikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyada koordinator Rasa Ostrauskayte boshchiligidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “elektron hukumat” loyihalarini amalga oshirishda tajriba almashinuvi, axborot xafsizligi va kiberxavfsizlik masalalarini hal etishda o‘zaro ishonchni mustahkamlash, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash, kadrlar malakasini oshirishda milliy va xalqaro institutlar bilan munosabatlarni muvofiqlashtirishda ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar, O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni davom ettirish borasida fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq