Toshkent shahridagi Inxa universitetida «Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
31.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida «Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot» mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda, Davlat statistika qoʻmitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti oʻqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida taʼkidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, statistika axborotlarini yigʻish, toʻplash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmogʻi, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini taʼminlash, mamlakatimizning rivojlanish koʻrsatkichlarini xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish hamda turli yoʻnalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, xalqaro statistik, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Davra suhbati davomida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va toʻgʻri baholanishini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda toʻldirib kelinayotgani qayd etib oʻtildi. Hozirda qoʻmita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq