“Aqlli tarmoqlar” loyihasi taqdim etildi
31.01.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Joriy yilning 28-yanvar kuni poytaxtning Hyatt Regency mehmonxonasida tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, mutaxassislari AQSHlik ishlab chiquvchi va investorlar bilan Smart Grid + Wi-Fi 2.0 texnologiyasi va boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Dreyfus Capital” kompaniyasi (AQSH) bilan hamkorlikda Wi-Fi tizimiga ulangan soʻnggi avloddagi elektr energiyasini taqsimlanishini, isteʼmolinihisobga olish va nazorat qilishning innovatsion tizimini joriy etish boʻyicha “Smart Grid” (smart grid – aqlli tarmoqlar) loyihasini ishlab chiqmoqda. Istiqbolda gaz, suv va issiqlik taʼminoti hisobini yuritish tizimlarini joriy qilish ham koʻzda tutilgan.

Mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi energetik kompleksning barqaror ishlashi, isteʼmolchilarning elektr va issiqlik energiyasiga ehtiyojini qondirishga bogʻliq.

Isteʼmolchilarning elektr energiyasiga ehtiyojini qondirishdaenergiyani bus-butunligicha ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha yetkazish juda muhim sanaladi.

Jahon bankining maʼlumotlariga qaraganda, Oʻzbekistonda elektr energiyasini uzatish va tarqatish jarayonida umumiy yoʻqotishlar 20 foizdan ziyodni tashkil etadi – bu, masalan, Germaniyadagi xuddi shunday koʻrsatkichlardan besh barobar koʻpdir.

Tadbirda sohadagi vazirlik va idoralari bilan elektr, gaz va suv taʼminoti hisobini yuritish muammolari muhokama qilindi. Shuningdek, AQSHning “Delta Energy & Communications, Inc.” kompaniyasi tomonidan “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻishda axborot va kommunikatsion tarmoqlardan foydalanuvchi mazkurzamonaviy tarmoqelektr energiya ishlab chiqarish va tarqatishning samaradorligini, ishonchliligini, iqtisodiy foydani oshiradi, sohaning barqarorligini taʼminlaydi.

AQSHning “Delta Energy & Communications, Inc.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan “Smart Hub” uskunasi koʻp sonli manbalardan axborotni toʻplab (oʻlchov datchiklari, aloqa moslamalari va h.), yuqori tezlikda isteʼmolchilarga uzatish imkoniyatiga ega. Mazkur moslamani mavjud transformatorlarga oʻrnatish taklif etilmoqda. Tizim ishlashi uchun isteʼmolchilar ulanish nuqtalarida Wi-Fi kanali orqali axborotni uzatish va nazorat qilish imkonini beruvchi elektr oʻlchov asboblari talab etiladi.

Bunda onlayn rejimda uzatilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyasi, gaz, suv hajmlari, transformatorlar va elektr tarmogʻining boshqa kommutatsiya uskunalarining ishlash koʻrsatkichlari, yuzaga kelayotgan nosozliklar va tarmoqqa ruxsatsiz ulanishlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish mumkin boʻladi.

Shuningdek, texnik yoʻqotishlar hajmini aniqlash va tarmoq ishini avtomatik rejimda optimallashtirish, uskuna nosozligini oʻz vaqtida tezkor aniqlash va mazkur nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha choralarni qoʻllash, tarmoqqa ruxsatsiz ulanish holatlarini tezkor aniqlab, vakolatli organlar bilan hamkorlikda tegishli tartibda bunday holatlarni bartaraf etish imkoniyatlarini beradi.

Uskuna tabiiy gaz, sovuq va issiq suv taʼminoti hisobini yuritish oʻlchovlaridan axborot olish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligini aloqa kanallari bilan taʼminlash, internet, televideniye, uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi.

Tizim, shuningdek, Internet tarmogʻiga ulanish va uning tezligini oshirishga xizmat qiladi. Pilot loyihani yangi qurilgan uy-joylarda amalga oshirish mumkin. Natijada, mazkur tizim “Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirish uchun asos boʻladi.

Loyihani amalga oshirish haqidagi qaror tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan muzokaralardan soʻng qabul qilinadi. Bunda loyihani Dreyfus Capital va Ardmore Capital (AQSH) investitsiya kompaniyalari moliyalashtirishga tayyorgarlik bildirishdi.

2019-yil respublikamizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilinib, ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan ekan, mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilajak investitsion loyiha boʻladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq