YeXHT bilan AKT sohasidagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
30.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

28-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha departamenti rahbari Rasa Ostrauskayte xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov YeXHT vakillariga “Oʻzbekiston Respublikasiga AKT sohasidagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurash salohiyatini mustahkamlashda koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirishda koʻrsatilgan koʻmak hamda amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Rasa Ostrauskayte xonim ushbu loyihani amalga oshirishda hamkorlikdagi faoliyatning muvaffaqiyatlarini alohida eʼtirof etdi.

Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelgusida ham amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq