«O‘zbekiston Florasi» pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
30.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 24-yanvardan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.

Kvartblokning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida «O‘ZBEKISTON FLORASI» yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×52 mm. Kvartblokning o‘lchami 115×145 mm.

Rassom – Farmonov S., dizayner – Sulaymanov U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

№1339-1342

1339. «Adonis vernalis» Nominali – 900 so‘m

1340. «Viola tricolor» Nominali – 1000 so‘m

1341. «Iris hippolyti» Nominali – 2700 so‘m

1342. «Tagetes» Nominali – 2800 so‘m

Kvartblokning adadi 8 ming nusxa.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq