«Smart Grid + Wi-Fi 2.0» texnologiyasi imkoniyatlari namoyish etildi
29.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida oʻtkazilgan uchrashuv “Smart Grid + Wi-Fi 2.0” texnologiyasi va boshqa istiqbolli loyihalar muhokamasiga bagʻishlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va AQSHning “Dreyfus Capital” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga tegishli vazirlik, idoralar rahbarlari va mutaxassislari taklif etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov, “Dreyfus Capital” kompaniyasi direktori Maykl Dreyfus va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xalqaro hamkorlik mustahkamlanib, barcha sohalarni zamon talabi darajasida takomillashtirishga katta ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz hayotiga innovatsion ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini tatbiq etish hamda aholining farovon yashashini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan. Shunga asosan tashkil etilgan tadbirda infratuzilmani takomillashtirish, “Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida innovatsion yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.

– Ilgari surilayotgan “Aqlli shahar” konsepsiyasida hayotimizga butunlay zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifasi qoʻyilgan, – dedi mazkur vazirlikning boshqarma boshligʻi Abduvahob Abdukarimov. – Bugungi tadbirda elektr energiya, gaz, suv va issiqlik taʼminoti bilan shugʻullanadigan idoralardan kelgan mutaxassislar jamlangan boʻlib, ularga AQSHning “Delta Energy & Communications” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Smart Grid” loyihasi imkoniyatlari tanishtirildi. Ushbu loyiha yagona tizim boʻlib, unda elektr energiya, gaz, suv va issiqlik taʼminotini Wi-Fi tizimi orqali nazorat qilib boriladi. Bu aholining doimiy ravishda tarmoq idoralariga qatnashiga chek qoʻyishi bilan bir qatorda tizimdagi yoʻqotishlar, turli noqonuniy ulanishlarning oldi olinadi, avariya holatlarini oʻz vaqtida aniqlab, tezkor bartaraf etish imkoniyatini beradi.

“Delta Energy & Communications” kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan boʻlib, u innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlar yangi texnologiyalardan unumli foydalanishga keng imkoniyat ochmoqda, – dedi “Delta Energy & Communications” kompaniyasi vitse-prezidenti Kit Teyxman. – Bugun sizning eʼtiboringizga havola etilayotgan “Smart Grid + Wi-Fi 2.0” texnologiyasi jahon sdandartlariga javob beradigan zamonaviy tizim hisoblanadi. Hisoblagichlarning yangi avlodi yagona tizimga jamlangan boʻlib, unda ortiqcha elektr uzatgichlarisiz elektr energiyasini taqsimlash, hisobga olish va nazorat qilish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga, bu tizimga gaz, suv va issiqlik taʼminotini ulash ham mumkin.

Uchrashuv doirasida “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasi taqdimoti boʻyicha fikr-mulohazalar bildirilib, “Delta Energy & Communications” texnologiyasining texnik platforma pilot loyihasini tatbiq etish boʻyicha kelgusidagi ishlar muhokama etildi.

Nasiba Ziyodullayeva, Asqar Yoqubov (surat), OʻzA

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq