Eng yaxshi talabalar stipendiyaga sazovor bo‘ldi
29.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining stipendiyalarini olish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

Stipendiyalarga «Kompyuter va dasturiy injiniring (SOCIE)» fakultetining 4 va 2-bosqich talabalari Mamataliev Darxonbek va Yo‘ldosheva Ummatoy, shuningdek, «Logistika (SOL)» fakultetining 3-bosqich talabasi Azizjon Shodiyev sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ushbu stipendiyasi talabalar egallagan bilimning yuqori darajasi, ularning tadqiqotchilik faoliyati, tashabbuslari, namunali xulqi va intizomi uchun beriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq