«O‘zRTXB» AJ onlayn auksionida «01 571 SAV» avtoraqami sotilmagan
28.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 25-yanvar kuni turli ijtimoy tarmoqlar va internet resurslarida «01 571 SAV» avtoraqami 220,4 mln. so‘mga «O‘zRTXB» AJ ning onlayn auksioni avtoraqam.uzex.uz da sotilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31.08. 683-sonli «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq «01 571 SAV» avtoraqami oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining (RO‘DRB) ro‘yxatiga kiritilmaganligi sababli tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga zid.

Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berilishi mumkin. Buning uchun transport vositalarining egalari doimiy propiska qilingan joyidagi hududiy DYHX organlariga ariza bilan murojaat qilishlari kerak.

Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish stavkalari eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida belgilangan.

«O‘zRTXB» AJ OAV vakillari va blogerlarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq