Vazirlik xodimlari umumxalq ekologik xayriya hasharida ishtirok etdi
27.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashabbusibilan butun mamlakat boʻylab umumxalq ekologik xayriya hashari oʻtkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

Xayriya hasharini oʻtkazish doirasida Vazirlik ofisiga tutash hudud obodonlashtirildi, chiqindi va shox-shabbalardan tozalanib, tartibga keltirildi. Vazirlikning barcha boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdilar.

Umumxalq ekologik xayriya hashari Orolboʻyidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib, mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida bu yil birinchi marta oʻtkazilmoqda.

Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya oʻrmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi tadbirlarga sarflanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq