«O‘zbektelekom» AK xodimlari umumxalq ekologik xayriya hasharida ishtirok etdi
26.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

26-yanvar kuni O‘zbekiston Hukumat tashabbusi butun mamlakat bo‘ylab umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi. «O‘zbektelekom» AK xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida kompaniya ofisiga tutash hudud obodonlashtirildi, chiqindi va shox-shabbalardan tozalab, tartibga keltirildi. Mintaqalardagi «O‘zbektelekom» AK barcha filiallari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdilar.

Umumxalq ekologik xayriya hashari Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib, mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida bu yil birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq