Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri “VEON” kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktorini qabul qildi
25.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

24-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov “VEON” kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktori Shell Morten Yonsenni qabul qildi.

Uchrashuvda vazir Sh.Sadikov “VEON” kompaniyalar guruhining vakilini iliq kutib oldi va mazkur kompaniya bilan birgalikdagi hamkorlik izchil va konstruktiv mazmunga ega ekanini taʼkidladi.

“VEON” kompaniyalar guruhining operatsion direktori Shell Morten Yonsen vazirga Beeline Uzbekistan kompaniyasiga tayinlangan yangi bosh direktor S.Afoninni tanishtirdi. Oʻz navbatida, vazir Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi rahbariga boshlanayotgan vazifasida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv davomida telekommunikatsiyalar tarmogʻini global darajada rivojlanishi yuzasidan eng soʻnggi tendensiyalar va soha istiqboli boʻyicha fikrlar almashildi. Shuningdek, tomonlar “VEON” kompaniyalar guruhi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boʻlinmalari oʻrtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish boʻyicha kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq