VEON Sergey Afoninni «Beeline O‘zbekiston» kompaniyasining Bosh direktori lavozimiga tayinladi
24.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

VEON Ltd (NASDAQ va Euronext Amsterdam: VEON), dunyodagi yetakchi aloqa va Internet xizmatlari provayderi, Sergey Afoninni «Beeline O‘zbekiston» ning bosh direktori lavozimiga tayinlangani haqida e’lon qiladi.

Sergey VEON guruhiga 2016-yilda «Beeline Rossiya» ning janubiy mintaqasi bo’yicha mintaqaviy direktor sifatida qo’shigani va u muvaffaqiyatli savdo strategiyasini amalga oshirib, uning natijada umumiy bozor ulushining o’sishini ta’minlagan. Undan avval Sergey Rossiyadagi yirik FMCG kompaniyasining tijorat direktori lavozimida faoloyat yuritgan.

VEON kompaniyasining direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Ursula Berns voqeani sharhlar ekan, shunday dedi: “Sergey turli sohalarda, jumladan, telekommunikatsiya sohasida kuchli tajribaga ega mtaxassisdir. Uning uch yil avval “VEON”ga qo’shilishidan buyon boshqaruv qobiliyatlari va qadriyatlarga asoslangan yetakchiligi bizda katta taassurot uyg‘otgan.

Ishonchim komilki, Sergeyning VEON kompaniyadagi yangi lavozimga tayinlanishi O’zbekistondagi asosiy biznesimizni yanada mustahkamlanishi, jumladan, raqamli xizmatlarning rivojlanishiga, mahalliy axloqiy va tartibiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlanishiga imkon yaratadi”.

Sergey mazkur lavozimda uch yillik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqishga qaror qilgan «Beeline O‘zbekiston»ning bosh direktori Dmitriy Shukovning o‘rnini egalladi.

Dmitriy rahbarligida kompaniya yuqori ish faoliyatini va smartfonlar va mobil Internet kirib borishining barqaror o’sishini namoyish etdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq