Oʻzbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi
24.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

Mazkur harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy taʼlim muassasasi boʻlib, u oltita yoʻnalish boʻyicha taktik boʻgʻindagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:

— Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;

— Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;

— Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;

— Radioelektron razvedka va kurash taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;

— Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;

— Havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq