Mobil telefonlarni yashirish naf bermadi
24.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari mobil aloqa telefonlarini yurtimizga noqonuniy olib kirish holatiga chek qo‘yishdi.

«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, «yashil» yo‘lakdan harakatlanayotgan fuqaro V.Ch. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada uning yuk sumkalarida bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o‘tilayotgan 24 dona mobil telefon va 42 dona kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Ushbu tovar moddiy boyliklarining umumiy qiymati qariyb 21 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq