Iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va amaliyotga joriy etish
24.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning fevral oyidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida tajriba usulida zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iste`mol narxlari kuzatuvini olib borishtartibi joriy etilmoqda.

Shu munosabat bilan 2019-yilning 17-yanvar kuni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Toshkent shahar tuman statistika bo`limlari hodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini halqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi. Bo`lib o`tgan tadbir davomida Toshkent shahar statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish jarayonida planshet qurilmalaridan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq