2018-yilda aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari 9744,1 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi
24.01.2019
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Aloqa va axborotlashtirish sohasida koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi 9744,1 mlrd. soʻmga ($ 1,16 mlrd.ga yaqin) teng boʻldi. Telekommunikatsiya xizmatlarining ulushi esa 84,5 % ni tashkil etdi.

Eng yuqori oʻsish surʼatlari meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (128,9 %), moliyaviy xizmatlar (125,8 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (115,6 %).

Axborot faoliyati bilan shugʻullanuvchi va aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,3 % ga teng boʻldi. Koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlari (29,5 %), savdo xizmatlari (26,9 %), moliyaviy xizmatlar (14,4 %) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi (6,6 %) ustunlikka ega.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyatida va bozor iqtisodiyotida yuz beradigan jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatish uchun zarurdir. Hayotning koʻpgina sohalarida AKT joriy etilishi va rivojlanishi jamiyat, hokimiyat va tadbirkorlik bilan bogʻliq koʻplab tashqi va ichki jarayonlarni soddalashtiradigan hamda tezlashtiradigan muhim element hisoblanadi. 2018 yil yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 9744,1 mlrd. soʻmga teng boʻldi. Ularning oʻsishi 15,6 % ni tashkil etdi. Yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent (128,5 %), Samarqand (113,5 %), Buxoro (113,5 %), Surxondaryo (113,3 %), Qashqadaryo (112,9 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (118,6 %) qayd etildi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining uncha yuqori boʻlmagan oʻsish surʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi (107,7 %) va Sirdaryo (107,9 %) viloyatida qayd etildi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmogʻi, yoʻldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) katta qismni egallab, uning ulushi 84,5 % ni tashkil etadi.

Hududlar orasida telekommunikatsiya xizmatlarining yuqori oʻsishi Toshkent viloyati (30,5 %) va Toshkent shahrida (20,0 %) qayd etildi. Telekommunikatsiya xizmatlarining uncha yuqori boʻlmagan oʻsish surʼatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi (107,6 %) va Sirdaryo (107,8 %) viloyatida qayd etildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar jalb qilinishini koʻpaytirish butun dunyoda raqamli oʻzgarishni ragʻbatlantiradi va koʻplab odamlarga AKT xizmatlari, xususan, mobil aloqa xizmatlari va Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bugungi kunda, mobil aloqa xizmatlaridan asosan aholi (jismoniy shaxslar) foydalanishadi. Ularning ulushi 97,5 % ni tashkil qiladi. Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishda yuridik shaxslarning ulushi 2,5 % ni tashkil etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq