Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi yuzasidan
23.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligida Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifning asosiy maqsadi Amiti universitetining Noida (Hindiston) shahrida joylashgan amaldagi kampusi bilan yaqindan tanishish va hamkorlikdagi “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashdan iborat. Ushbu “Yoʻl xaritasi”da Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish boʻyicha harakatlar qadamba-qadam aks ettirilgan. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy intellekt (idrok) va menejment sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

Hindiston tomoni Oʻzbekiston Respublikasi bilan kelgusida ham samarali hamkorlik qilish boʻyicha qatʼiy nuqtai nazarini bildirdi.

Ushbu universitetda oʻquv jarayoni joriy yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq