Talabalar uchun yangi tanlov — «Big Idea Challenge»
23.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda «Big Idea Challenge» tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning maqsadi talabalarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish. Tanlovda OTM talabalari ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan oʻzlarining ilgʻor loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan tanlab olingan loyiha mualliflari ikkinchi bosqichida London Metropoliten universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari oʻtkaziladigan treningda ishtirok etadi.

Onlayn ariza topshirishning oxirgi muddati: 2019-yil 1-fevral.

Arizalar ushbu havola orqali onlayn qabul qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq