Miniaturalar ensiklopediyasi ko’rinishida «Zulfiyaxonim qizlari» dasturi ishlab chiqildi
23.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ushbu dastur o’zbek tilida 12 — 18 yoshli qizlar uchun miniaturalar ensiklopediyasi ko’rinishida ishlab chiqilgan va turli to’garaklarda, masalan «Orasta qizlar»da qo’llanilishi mumkin.

Dastur quyidagi funksional imkoniyatlarga ega:

1) «Pazanda» — o’zbek oshxonasining 100 ta reseptini o’z ichiga oladi;

2) «Xushsurat» o’z-o’zini parvarish qilish bo’yicha maslahatlar 12 ta bo’limda jamlangan;

3) «Uddaburon» — lotin alifbosidan kirill alifbosiga tarjima qilish va aksincha;

4) «Dilrabo» — musiqa asboblari bo’yicha qo’llanma;

5) «Shijoatli» sport turlari bo’yicha ma’lumot beradi;

6) «Zehnli» xorijiy tillar, informatika, adabiyot bo’limlaridan tuzilgan.

Muallif Tairova Muxabbatxonga «Zulfiyaxonim qizlari» dasturi uchun DGU 05768-raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq