UZMOBILE o‘z dilerlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
22.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Aloqa tarixi muzeyida «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali rahbariyatining dilerlik tashkilotlari rahbariyati bilan kelgusidagi hamkorlik va dilerlik tarmog‘i ishlarini yaxshiash masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali Direktori Faxrutdinov Sirojitdin Sayfutdinovich, «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali direktorining o‘rinbosari Islamov Javlon Rasulovich, sotuvlar nuqtalari ishi bo‘yicha xizmat boshlig‘i Boltaboyev Rustam Tursunovich va filialning sotuvlar nuqtalari ishiga javobgar bo‘lgan boshqa xodimlari ishtirok etdilar.

Dilerlar yig‘ilishi kun tartibi quyidagi masalalardan iborat bo‘ldi:

1. «O‘zbektelekom»» AK strukturasidagi o‘zgarishlar, PIBM ЦУРП dilerlik tarmog‘ini yana qayta «O‘zMobayl» filialiga o‘tkazish haqida agentlarni xabardor qilish.

2. Katta imkoniyatga ega yangi billing tizimiga o‘tish.

3. Raqamlarni muqobil VPN kanat(arqon)lari orqali ulash imkoniyati.

4. Agentlarni «O‘zbektelekom» AK tomonidan 1-fevraldan yangi tarif rejalarini kiritish haqida xabardor qilish.

5. Agentlarni taqdirlashda QQSni kiritish.

6. Agentlarni butunlay yangi mukofot tizimi ishlab chiqilishi haqida xabardor qilish.

7. Agentlarni telefon raqamlarini ulashda shlyuzlardan foydalanganlik uchun shaxsiy javobgar ekanliklari haqida xabardor qilish.

Dilerlar barcha savollarga batafsil javob va tavsiyalar oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq