Ogohlantirish: qalloblik ro‘yxatga olindi
22.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Uzcard karta egalarini Uzcard brendi ishlatilgan kiber-jinoyat ro‘yxatga olingani bilan ogohlantiramiz.

Noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytimizning interfeysi nusxalanib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya takshkil etilgani ro‘yxatga olindi. Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga binoan, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Rasmiy ravishda e’lon qilamizki, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan. Hozirda kompaniyamiz tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida Sizlarni xabardor etamiz.

Ogoh bo‘ling! Tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e’tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz. Jumladan, domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi: uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info. Kompaniyamizga tegishli muhim xabar, eng so‘nggi yangilik va aksiyalarga tegishli tavsilotlarni uzcard.uz rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq