Yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimini joriy qilish boʻyicha loyihani amalga oshirish boshlandi
21.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 15-18 yanvar davomida Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida oʻtkazilgan muhandislik-qidiruv ishlari yakunlari muhokama qilindi.

Ishchi guruhi tomonidan “ATLAS International” kompaniyalar guruhi mutaxassislari hamkorligida muhandislik-qidiruv ishlarini olib borish davomida Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlari 8 ta yirik chorrahalarda yoʻl harakatining intensivligi, yoʻl harakati qoidalari buzilishi statistikasi parametrlari boʻyicha tekshiruv ishlari amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 30-oktyabrdagi 3989-son Qaroriga muvofiq yuqorida qayd etilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq