Startup Mix konferensiyasi: ilmiy akseleratordan xalqaro texnologik tanlovgacha
21.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida joriy yilning 19 yanvar kuni Startup Mix #40 konferensiyasining birinchi kuni boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratorining 18 ta startapi uchun Speed Mentoring sessiyasi oʻtkazildi. Bunda Usmon Rahimjonov (“Startap tashabbuslari” loyiha koordinatori), Botir Arifjanov (Paynet asoschisi), Muzaffar Aʼzamov (Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiya raisi, mato.uz internet-doʻkon asoschisi), Aziz Rahimov (IT ekspert), Vyacheslav Kan (Torg.uz asoschisi), Yevgeniy Sklyarevskiy (bloger) singari malakali mutaxassislar taklif etilgan boʻlib, ular biznes-modellar, loyihada hal etilayotgan muammolarning muhimligi, shuningdek jamoalar faoliyatining boshqa jabhalari boʻyicha oʻz fikrlarini berdilar. Bu loyihalarning birinchi oylardagi faoliyatining tanqidiy tahlili boʻlib, ekspertlar startapchilarga investorlar oldida oʻz loyihasini namoyish etishlari uchun qimmatli maslahatlar berishdi.

Konferensiyaning Curiosity Machine AI Family Challenge sessiyasida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro oilaviy tanlovda ishtirok etuvchi loyihalar namoyish etildi. 10-15 yoshdagi bolalar hamda ularning ota-onalaridan iborat jamoalar sunʼiy intellekt, mexanika va robototexnika asoslari boʻyicha 9-oylik kursni oʻtaganlik natijalariga koʻra oʻz loyihalarini taqdim etdilar. Har bir jamoa loyihasi mamlakatimiz aholisi uchun ijtimoiy nuqtai nazardan muhim boʻlgan biron muammoni sunʼiy intellekt yordamida timsoliy ravishda hal qiladi. Bu xalqaro tanlov boʻlgani uchun eng yaxshi loyihalar ham chet ellik komissiya tomonidan aniqlanadi va ular AQSH ga taklif etiladi.

Qozogʻistonlik mutaxassis Dina Mukasheva Storrytelling boʻyicha sessiya mahorat darsini oʻtkazib, video, taqdimot va reklamada hikoya qilish usullarini oʻrgatdi. Ayni paytda Curiosity Maker Space & Maker Space Almaty (Qozogʻiston) jamoasidan interfaol mahorat darslari oʻtkazildi, unda 14 yoshdan katta oʻsmirlar avtomatik tizimlar va robototexnika bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan Arduino uskunaviy-dasturiy vositasi yordamida platalar va elektronika bilan ishladilar va oʻz original belgilarini yaratdilar.

Konferensiyaning soʻnggi sessiyasida Technovation Challenge – qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlov haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlash joizki, mazkur tanlov Oʻzbekistonda 3 yildan beri oʻtkazilmoqda. Technovation Uzbekistan 2019 sessiyasi doirasida tashkilotchi va hamkorlar oʻz tabrik nutqlari bilan chiqdilar, tanlovda ishtirok etish shartlari taqdim etildi va jamoalarni shakllantirish boʻyicha ishtirokchi va mentorlar (murabbiylar) uchun interfaol sessiya oʻtkazildi.

Konferensiya Ilgʻor Texnologiyalar Markazi va Toshkentdagi Inxa Universiteti bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq