Shavkat Mirziyoyev: Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz
21.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Germaniyada oʻqiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh oʻzbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning oʻqish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng boʻlishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilgʻor yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma oʻrgangan bilim, “nou-xau”laringni Oʻzbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz,- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarni oʻqish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yoʻnaltirishga taklif etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq