Toshkentdagi Inha universitetida «Startup Mix» biznes-anjumani boʻlib oʻtdi
20.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

20-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Startup Mix» startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida maʼruzalar, video taqdimotlar, master-klasslar, startap loyihalar, «BitStreem» startapining taqdimoti va storiteling, sunʼiy aql (idrok) kabi dolzarb mavzularning muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Inha universitetining 4-kurs talabalari Sabina Akbarova va Anvar Moʻminov oʻzlarining «BitStreem» loyihasini taqdim etdilar. «BitStreem» – bu onlayn taʼlim olish uchun oʻzbek tilidagi interaktiv platforma boʻlib, mashinaviy taʼlim yordamida individual yondashuvni muvofiqlashtiradi. Ushbu platforma yordamida talaba istalgan vaqtda onlayn rejimida zarur maʼlumotga ega boʻla oladi. Shuningdek, u, boshqa ishtirokchilar bilan maʼlumot almashish imkoniyati taqdim etilagan forumda oʻz tajribasi bilan boʻlishishi yoki oʻquv jarayonining muhim masalalarini muhokama qilishi mumkin.

Toshkent shahridagi Inha universiteti soohadagi eng yirik biznes anjumanlardan biri sanalgan «Startup Mix»ning Oʻzbekistondagi doimiy hamkori hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq