Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilmoqda
20.01.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Poytaxt aholisi uchun yana bir qulaylik yaratildi. Toshkent metropolitenining bekatlarida Wi-Fi hududlari tashkil etilmoqda. Hozirda «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» bekatlari Wi-Fi tarmog‘iga ulangan. Mazkur bekatlarda 20 dan ortiq Wi-Fi qurilmalari o‘rnatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bekatlardagi kutish vaqtida 500 ga yaqin yo‘lovchilar Wi-Fi tarmog‘idan foydalangan.

«Metrotelecom TM» ning ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar operatorning media portaliga tashrif buyurishi va onlayn TV, film, musiqa va kitoblarni ko‘rish hamda yuklab olish imkoniyatiga ham ega. Ma’lumot uchun, 1 bosqichda 90 kilometrlik optik tolali kabellar metropolitenning 29 ta bekati oralig‘ida o‘rnatilib, mart oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq