«Ilg‘or hudud»: LBMA va Rossiyaning AgroDronGrupp Jizzah viloyatida qishloq xo‘jaligi maydonlarini raqamlashtirish hamda masofaviy tahlilini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib bordilar
19.01.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi «Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi PF-5603 sonli Farmoniga asosan Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» sinov loyihasi amalga oshirishi belgilanib, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) sinov loyihasini tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belginlandi.

Sinov loyihasi doirasida Agentlik tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi maydonlarini raqamlashtirish va masofaviy tahlil ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi. Ushbu loyiha doirasida Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasining «AgroDronGrupp» kompaniyasi bilan distansion tahlil ishlarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

2019-yil 15-17 yanvar kunlari Jizzax viloyati Paxtakor tumanida «AgroDronGrupp» kompaniyasi va Agentlikning Jizzax filiali xodimlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan maydonlari o‘rganib chiqilib, uchuvchisiz uchadigan apparatlari yordamida distansion tahlil ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi.

Paxtakor tumani dala maydonlarida «AgroDronGrupp» kompaniyasi xodimlari tomonidan havo fotosuratga olish ishlari olib borildi. Shuningdek, Respublika Agrokimyo stansiyasi tomonidan ekin ekilmagan yerlarni holati bo‘yicha izlanishlar olib borildi.

«AgroDronGrupp» kompaniyasi qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqilgan va noyob usullarda, uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida raqamli va multispektral havo fotosuratlarni olish va qishloq xo‘jaligi ekinlarni distansion tahlil qilish ishlarida foydalaniladi. Ushbu texnologiyalarni tatbiq qilishda V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Pryanishnikov nomidagi Agrokimyo instituti, Agrofizika instituti, o‘simliklarni biologik himoyalash instituti va boshqa tashkilotlarni yetakchi mutaxassisilari ishtirok etadi.

Havo fotosuratga olish va agrokimyo izlanishlari natijalariga asosan, relef tahlili, kartografik ishlari va tuproqni laborator tahlillari quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:

1. Ortofotoplan (dala maydonlarining chegaralarini aniqlash va geografik kordinatalar bilan baholash);

2. Relef tekislikning raqamli modellari;

3. Oqar suvlar va qiyaliklarning xaritalari;

4. Tuproqda mavjud bo‘lgan asosiy ozuqa elementlar tarkibi;

5. Tuproqda hayot uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar tarkibi;

6. Dala maydonlarda oziqa moddalari va mikroelementlarini notekis taqsimlanish xaritasi.

Izlanishning birinchi bosqichida kompaniya mutaxassislari tomonidan olingan ma’lumotlar asosida, tadqiqot qilingan maydonlarni samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi. Jizzax viloyatida dehqonchilik qilish usullari texnologiyalarni joriy etish, tadqiq qilingan maydonlarda, iqlim va tuproq xususiyatlarini inobatga olgan holda, qaysi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Keyingi bosqichlarda maydonlarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini rivojlanishining turli bosqichlari kamerali multispektral (giperspektral) havo fotosuratlari olinadi, bu esa ko‘chat holati va ekin ekish sifatini nazorat qilishga sharoit yaratib, maydonlarning nuqsonli qismlarini ajratib ko‘rsatish, o‘simliklarni rivojlanish dinamikasini nazorat qilish, yetishtirilayotgan o‘simliklarga azotning tarqalishini tahlil qilish (spektrdagi havo fotosuratlari va N-testera ko‘rsatkichlari asosida), hosildorlik istiqbollarini belgilash va hosilni yig‘ishtiriladigan maydonlar ketma-ketligini aniqlash imkonini beradi.

Mazkur texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida fermer xo‘jaliklarning hosildorligi va daromadlari 70-90 foizgacha sezilarli darajada oshishiga imkoniyat yaratadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq